Yurtboshimiz tashabbusi bilan barpo etilayotgan keng ko’lamdagi “Al Xorazmiy majmuasi” ning qurilish ishlari boshlanganiga ko’p bo’lmasidanoq ko’z ko’rsa quvonarli o’zgarishlar amalga oshirilganini e’tirof etmasdan iloji yo’q.
Xususan, shu davr ichida 30 ta kvartirada 571 ta xonadonlar yashash uchun tayyor holatga keltirildi.
Shuningdek, majmuada ona tabiatni asrab-avaylash borasida ham ishlar amalga oshirildi. Tayyor holatdagi ko’p qavatli binolarning yon atrofini obodonlashtirish ishlari olib borildi va har xil turdagi iqlim sharoitimiz uchun mos bo’lgan bir-biridan chiroyli manzarali daraxtlar ekildi. Uylar atrofiga 40 ta axlat qutisi va 10 ta katta hajmli axlat tashlash uchun moslamalar joylangan.
Ko’p qavatli binolarda istiqomat qiluvchi hamyurtlarimiz uchun 6 ta bolalar maydonchasi, 20 ta dam olish o’rinlari, 40 ta kop qavatli binolar uchun o’rindiqlar, 52 ta tungi yoritish chiroqlari o’rnatilib, aholining madaniy xordiq olishlari uchun yetarli bo’lgan barcha qulayliklar yaratildi.
Kommunikatsiya uchun 0.9 km yo’l yotqizildi. Shuningdek,
1.3 km kanalizatsiya 2 ta KNS yotqizildi va 1 ta SP qurildi.
Eng asosiysi 1.6 km issiqlik tarmoqlari va 0.78 gaz ta’minoti yotqizildi, elektr energiyasi 2.3 kmgacha tortilib va xonadonlar uchun wifi tarmoqlari tortildi.
Tashqi kommunikatsiya uchun qilingan ishlar haqida ham to’xtalib o’tish joiz. Xususan bu borada 13 km elektr energiya tarmoqlari, 1.2 gaz 6.8 km kanalizatsiya, 1.6 km suv tarmoqlari tortilgan. Majmuada 2 ta qozonlardan 1 tasi tayyor holatga keltirilgan.
Biz sizga aytayotgan ma’lumotlar kun sayin o’sib borayotganini majmuada har kunlik to’xtovsiz amalga oshirilayotgan ishlar misolida sezishingiz mumkin. Kelgusida mazkur majmua yurtboshimiz aytganidek shahar ichidagi shahar bo’lishi shubxasiz!