Yurtboshimiz tashabbusi bilan barpo etilayotgan keng ko’lamdagi “Al Xorazmiy majmuasi” ning qurilish ishlari boshlanganiga ko’p bo’lmasidanoq ko’z ko’rsa quvonarli o’zgarishlar amalga oshirilganini e’tirof etmasdan iloji yo’q.
Xususan, shu davr ichida 30 ta kvartirada 571 ta xonadonlar yashash uchun tayyor holatga keltirildi.
Tayyor holatdagi ko’p qavatli binolarning yon atrofini obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda va har xil turdagi iqlim sharoitimiz uchun mos bo’lgan bir-biridan chiroyli manzarali daraxtlar ekildi.
Biz sizga aytayotgan ma’lumotlar kun sayin o’sib borayotganini majmuada har kunlik to’xtovsiz amalga oshirilayotgan ishlar misolida sezishingiz mumkin. Kelgusida mazkur majmua yurtboshimiz aytganidek shahar ichidagi shahar bo’lishi shubxasiz!
https://youtu.be/lW4BSUW5cZ0?si=H41nPPP9s9CBc-hs