So‘nggi yillarda viloyatimizda yoshlarning innovatsion salohiyatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqishga, ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish va uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, yosh olimlar va iqtidorlarga dunyo amaliyotidagi ilg‘or ilmiy-tadqiqot usullarini va zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishlari uchun va zamonaviy innovatsion infratuzilma va qulay sharoitlarni yaratish maqsadida Urganch shahridagi “Al-Xorazmiy majmuasi”da “Yoshlar texnoparki” tashkil etilmoqda.
Ushbu markazda zamonaviy fan va ishlab-chiqarishning zarur ehtiyojlarini to‘la ta’minlaydigan yuqori darajadagi bilim va tajribaga ega mutaxassislar faoliyat olib borishi ko’zda tutilmoqda.
https://youtube.com/shorts/fqTZFiAT6jE?si=FQbXTG2J54OOqOXm