Majmuada 35 ta quruvchi pudratchi tashkilotlarda mehnat qilayotgan 2 mingdan ortiq ishchi belgilangan rejani bajarish uchun astoydil mehnat qilmoqda. Turkiya, Qozogʼiston va Yaponiya qurilish tashkilotlari ham shaharchaning yanada koʼrkam va zamonaviy qiyofa kasb etishi uchun oʼz hissasini qoʼshmoqda.
Mazkur videolavhadagi uy-joylar quruvchi tashkilot -“Bunyodkor” MCHJ tomonidan barpo etilmoqda. Ushbu ko’p qavatli binoda 100% qurilish montaj ishlari bajarilgan, 1-qavati doʻkon boʻlgan 16 xonadonli turar-joy binosi har qavatda 3 ta uch xonali, 1 ta ikki xonali kvartiralarga moʻljallangan.Shuningdek: Tom qismida quyosh panellari, issiqlik tizimini barqaror ishlashi uchun individual isitish nuqtasi (ИТП) o’rnatilgan.Qurbonov Ulug’bek rahbarligida 5 qavatli bino 16 xonadondan iborat.
Batafsil:https://youtu.be/G45uTgpYfAY?si=wSilJwiNScQAv5Td