“Al-Xorazmiy”majmuasida ko’p qavatli uylar hamda boshqa obyektlarni doimiy elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Urganch tumanidagi Chakkasholikor qishlog’i hududida 13 km uzunlikdagi 110 kVli ikki zanjirli havo liniyasi va 2x40000 kVA quvvatga ega ikkita transformatorli 110/35/10 kV kuchlanishli podstansiya qurilmoqda.
Bugungi kunda barcha asbob-uskunalar obyektga yetib kelgan. Tashqi elektr ta’minoti bo’yicha 10,6 km uzunlikdagi 110 kVli elektr uzatish tarmog’i qurilib, montaj ishlari 82% bajarildi.
Ichki elektr ta’minoti bo’yicha 4,2 kabel tarmog’ini yotqizish ishlari bajarilib, 2 ta 2x630 kVAli va 1 ta 2x400 kVAli jami 3 ta transformator punkti hamda 1 dona RP binosi qurildi.
Hozirda qurilish montaj ishlari davom etmoqda.
https://youtu.be/PClPP6j-h7k?si=-EQC9DTdTTHt5d9o