Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash borasida shaharchada to’xtovsiz ishlar amalga oshirildi. Xususan, qurilish olib borilayotgan binolarda to’liq texnika xavfsizligiga rioya etilishi borasida ishchi xodimlarga tushuntirilib, ularning xavfsizligi ta’minlandi.
Vazir o’rinbosarimiz Urganch shahridagi “Al Xorazmiy” shaharchasida bo’lib, bir qancha topshiriqlar va tavsiyalar bergan edilar. Xususan, ko’p qavatli binolarning yon-atrofini tozalash, turli manzarali darxtlar ekish, kanalizatsiya qopqoplarini bo’yash, hududdan o’tgan zahkash atrofini obodonlashtirish va ishchi xizmatchilarning forma masalasi borasida topshiriqlar bergan edilar.
Mana bugun mazkur topshiriqlarini ijrosi sifatida barcha kamchilik bartaraf etildi.
Shuningdek, Vazir oʼrinbosari qurilayotgan koʼp qavatli uylar qurilishi bilan ham yaqindan tanishdi. Mazkur obektlardagi aniqlangan ayrim kamchiliklar xususan eshik romlari ugolniklar standartlar asosida toʼgʼirlandi va ishchilarning texnik xavfsizligi uchun vaqtinchalik panjaralar oʼrnatildi. Qurilish jarayonida ishchilarning mehnat muhofazasini taьminlash maqsadida quruvchi pudratchi tashkilot rahbarlari oʼrtasida tushuntirish ishlari olib borildi.
https://youtu.be/1EAXlZvnpDI?si=DFxem05crUNiN7uc