Urganch shahrida 22 ming aholini suv bilan ta’minlash maqsadida yirik suv tarmog’i barpo etish ishlari boshlangan. Mazkur obyekt “Аl-Xorazmiy” massivida ichimlik va oqova suv tarmog`ini yaxshilash maqsadida qurilmoqda.
Bu yerda ikkita 4000 kubli suv ombori maydoni qurilayotgan bo’lib, ularning har biri 100 metrdan iboratdir.
Hozirda unga kerakli nasos stansiya qurilmoqda, suv ombori uchun jami 9 ta katta nasos bilan ta’minlanadi.
Asosiysi aholiga xavfsiz bo’lishi uchun yon atrofi baland devor bilan o’ralmoqda.
Ma’lumot sifatida, mazkur obyekt “Inter Kaxramon Yorqinoy” MCHJ tomonidan qurilmoqda. Quruvchi rahbar: M.Boboyev
https://youtu.be/XsztoKRRm6k?si=fvGzv72ix06e7lt_