Turkiya, Qozogʼiston va Yaponiya qurilish tashkilotlari shaharchaning yanada koʼrkam va zamonaviy qiyofa kasb etishi uchun oʼz hissasini qoʼshmoqda. Natijada bugungi kunda zamonaviy ko’rinishdagi 30 dan ortiq ko’p qavatli binolar qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi.
Bundan tashqari, majmua hududida kommunikatsiya tizimi ham to’liq barpo etilmoqda. Ko’p qavatli uylar hamda boshqa obyektlarni doimiy elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 13 km uzunlikdagi 110 kVli ikki zanjirli havo liniyasi va 2x40000 kVA quvvatga ega ikkita transformatorli 110/35/10 kV kuchlanishli podstansiya qurilmoqda.
Majmuada ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati ko`rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yakuniga yetmoqda. Xususan, bu yerda ikkita 4000 kubli suv ombori maydoni qurilayotgan bo’lib, ularning har biri 100 metrdan iboratdir.
Biz sizga aytayotgan ma’lumotlar kun sayin o’sib borayotganini majmuada har kunlik to’xtovsiz amalga oshirilayotgan ishlar misolida sezishingiz mumkin. Kelgusida mazkur majmua yurtboshimiz aytganidek shahar ichidagi shahar bo’lishi shubxasiz…
https://youtu.be/fJX1ENwVh2M?si=aeL4-x8XIc9_my_T