Prezidentimizning “Respublikada koʼkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmoniga muvofiq, yurtimizda daraxtzorlarni koʼpaytirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasining joriy etilishi bu borada tizimli ishlarning yanada keng quloch yoyishiga xizmat qildi.“Al-Xorazmiy” majmuasida mazkur topshiriqlarni ijrosini ta’minlash maqsadida 2024 yil bahor mavsumida manzarali daraxt ko`chatlarini ekish bo`yicha chora-tadbirlar belgilab olindi. Xususan, kuni kecha binolar atrofiga har xil turdagi iqlim sharoitimiz uchun mos bo’lgan bir-biridan chiroyli 4500 ta manzarali daraxtlar ekildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, daraxt ko`chatlari hududlarning iqlim sharoitidan kelib chiqib, bog`lar hosil qilish va ko`kalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olinmoqda.
https://youtu.be/6XptR_tiDPU?si=LQxy0VNV2a6_HXjR