Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 30-avgustdagi PQ-4433-son qaroriga muvofiq, yoshlarni ilmiy faoliyatga yanada kengroq jalb etish, yosh isteʼdod egalarini tayyorlab borish hamda ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yoʻnalishlarini yanada rivojlantirish maqsadida Respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini tashkil etish yoʻlga qoʻyildi.
Texnoparklar faoliyatining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
hududlarda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasining faoliyatini rivojlantirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, taʼlim muassasalari, ilmiy tashkilotlar va Texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari bilan hamkorlikda yoshlarni intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirish. Al-Xorazmiy” majmuasidagi qurilishi yakunlangan yoshlar texnoparki quyidagi barcha talablarga javob beradigan zamonaviy va qulay shart sharoitlarga ega boʻlgan yoshlar texnoparki sanaladi.