“Al-Xorazmiy” majmuasida kuz qish mavsumida 1-bosqich turar-joylarni issiqlik bilan taʼminlash uchun zamonaviy turdagi qozonxona ishga tushdi. Bu qozonxonada umumiy 6 ta isitish qozonlari bilan jihozlangan. Umumiy quvvati 35000 KVt bo'lgan ushbu isitish qozonlari tabiiy gaz yordamida aholiga issiqlik energiyasini yetkazib beradi. Tabiiy gazda uzilishlar boʻlgan holda bu qozonxonadagi isitish qozonlarini mazut yordamida isitilishiga moslastirilgan. Aholi kuz qish mavsumida toʻliq issiqlik ta'minoti bilan taminlangan.