“Al-Xorazmiy” majmuasidagi 2 bosqich turar joy binolarining atrofidagi ichki yoʻllarda sement-beton yoʻllaklarni qurish ishlari jadal suratda olib borilmoqda. Ichki yoʻllarni qurishda sement-betondan foydalanishdan koʻplab qulayliklarga ega bular quyidagilardan iborat.
Sement-beton yoʻllarning muhim afzalliklari:
- katta mexanik ta'sirlarga va katta o‘lchamli transport vositalarining og‘irligiga bardoshli va xizmat ko‘rsatish muddati uzoqroq;
- transport kam yonilg‘i sarflaydi (10-20 foiz);
- mustahkam beton qoplamadan 30 yoki undan ortiq yil davomida ta’mirlash ishlariga muhtoj bo‘lmasdan foydalanish mumkin. Asfalt qoplama esa 8-12 yil xizmat qiladi va vaqti-vaqti bilan ta’mirlashni talab etadi;
- qoplama ekstremal ob-havo sharoitlariga, yuqori va past havo haroratiga yoki namlik o‘zgarishiga yuqori chidamlilikka ega;
- ekologik oqibatlarni minimallashtiradi, transport vositalari harakat uchun minimal yonilg‘i sarflaydi;
- tabiiy resurslarni tejash va ekologik xavfsizlik. Asfalt neftni sanoat usulida qayta ishlash yo‘li bilan olinadi, betonning asosiy tarkibiy qismlari esa zararli kimyoviy moddalar deyarli yo‘q bo‘lgan ohaktoshlardir.