“Al-Xorazmiy” majmuasida 2-bosqich turar-joylarni issiqlik bilan taʼminlash uchun zamonaviy turdagi qozonxona qurilish ishlari jadal suratda olib borilmoqda. Bu qozonxonada umumiy 5 ta isitish qozonlari bilan jihozlangan. Umumiy quvvati 25000 KVt boʻlgan ushbu isitish qozonlari tabiiy gaz yordamida aholiga issiqlik energiyasini yetkazib beradi. Tabiiy gazda uzilishlar boʻlgan holda bu qozonxonadagi isitish qozonlarini mazut yordamida isitilishiga moslashtirilgan.