“Al-Xorazmiy” majmuasida qurilish ishlari jadal suratda olib borilayotgan 3-qavatli 150 o’ringa moʻjjanlangan maktabgacha ta'lim muassasi.
Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayyorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.
Majmua hududida qurilayotgan maktabgacha ta'lim muassasiham kichkintoylarimizni sifatli ta’lim olishiga xizmat qiladigan barcha zamonaviy talablarga javob beradigan ta’lim muassasalaridan biri bo’lishi rejalashtirilmoqda.