Bu shaharcha 130 gektardan ziyod maydonda bunyod etiladi
Ayni damda Preziedent Shavkat Mirziyoyev Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykali ochilish marosimida ishtirok etmoqda.
Ushbu tadbirda nutq qilgan Shavkat Mirziyoyev Urganchda Al-Xorazmiy shaharchasi qurilish ishlari boshlanishini ta'kidladi.
Bu majmua Urganch xalqaro aeroporti yaqinida, 130 gektardan ziyod hududda bunyod qilinadi. Samolyotdan tushgan har qanday odamning ko‘z o‘ngida avvalo mana shu go‘zal maskan namoyon bo‘ladi. Shaharcha markazida Xorazmiy bobomizning muazzam haykali o‘rnatiladi.
Asosiysi, bu yerda Al-Xorazmiy nomidagi yangi universitet barpo etiladi. Uning qoshida iste’dodli bolalar uchun ixtisoslashgan maktab quriladi. Ularda o‘qigan yoshlar shaharchada bunyod etiladigan ilm-fan, innovasiya va madaniyat markazlarida faoliyat ko‘rsatib, buyuk ajdodimizning an’analarini davom ettiradi.
"Bu yerda Al-Xorazmiy universiteti, ixtisoslashgan maktab, shuningdek, texnopark, ishlab chiqarish zonasi, tibbiyot, innovatsiya, madaniyat markazlari, maktab va bog‘chalar, yashil maydon va xiyobonlar, sport majmualari va eng muhimi, aholi uchun uylar bunyod etiladi", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident ta’kidlaganidek, bu shaharcha ham xuddi Samarqanddagi “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazi singari mamlakatimizning eng go‘zal va betakror maskanlaridan biriga aylanadi.