Xozirgi kunda majmua hududida 133 ta turar joylar qurilishi belgilangan bo’lib shundan 1 va 2-bosqich E-auksion natijalariga asosan jami 72ta joyda pudratchi korxonalar belgilanib qurilish montaj ishlari olib borilmoqda. 1-bosqich 5 qavatli 20 ta uy-joylarida qurilish ishlari yakunlanmoqda, 9 qavatli 6 ta uy-joylarda 7 qavat qismida qurilish montaj ishlari; 2-bosqich 5 qavatli uy-joylarining 46 tasida gazablok terish ishlari olib borilmoqda.