Hududi 130 gektar maydonni egallagan ushbu shaharchada al-Xorazmiyning muhtasham haykalini o‘rnatish va xiyobon tashkil qilish, shuningdek, 5444 ta xonadonga mo‘ljallangan 133 ta ko‘p qavatli uy-joylar, 8 ming o‘rinli al-Xorazmiy nomli universitet, IT akademiya, texnopark, 4 ta umumta’lim maktabi, 6 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, sog‘liqni saqlash muassasalari, raqamli vaziyatlar markazi va boshqa ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish belgilangan.
Hozirda shaharchada 73 ta turar joyda qurilish montaj ishlari hamda muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini o‘tkazish jarayonlari davom etmoqda. Joriy yil yakuniga qadar 729 ta xonadonga mo‘ljallangan 33 ta turar joy binolarini foydalanishga topshirilish rejalashtirilgan.